19:08 / 07.08.2017
15 209

100 ming dollar pora olgan Toshkent shahar sudyasi​ 12 yilga qamaldi

100 ming dollar pora olgan Toshkent shahar sudyasi​ 12 yilga qamaldi
O‘zbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudyasi bo‘lib ishlagan Anvarjon Ziyaevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmini chiqardi, deb xabar qildi Sputnik nashri.

O‘tgan yili MXX tezkor xodimlari tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudyasi Anvarjon Ziyaev pora tariqasida 100 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.

"Sudya Ziyaev chiqarilgan sud hukmini o‘zgartirish va jinoyat ishi materiallarini qo‘shimcha tergovga yuborish uchun yuz ming dollarni talab qilgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 210-moddasi pora olish, 231-moddasi adolatsiz hukm chiqarish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov amalga oshirilgan", — deb ta’kidladi MXX vakili.

Mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, Anvarjon Ziyaevga 12 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 100 ming dollar pora olgan Toshkent shahar sudyasi​ 12 yilga qamaldi