22:32 / 07.08.2017
11 043

Maktab bozori: bir o‘quvchiga mo‘ljallangan kanselyariya mahsulotlari qanchaga tushadi?

Maktab bozori: bir o‘quvchiga mo‘ljallangan kanselyariya mahsulotlari qanchaga tushadi?
2017-2018 o‘quv yilining boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu kunlarda ota-onalarning asosiy vazifasi o‘quv qurollari, maktab jihoz va maktab forma olishdir. Ayni payt barcha bozor, do‘kon, yoyma rasta va yirik savdo markazlarida maktab bozorlari tashkil etilgan.

Maktab bozorining sarf-xarajati o‘quvchi yoki talabaning ta’lim dargohi (maktab, lisey, kollej, OTM) va ixtisoslashuviga qarab turli miqdorni talab etadi.

Masalan, oddiy maktab o‘quvchisi misolida oladigan bo‘lsak: 1 sinf o‘quvchisi (qiz yoki o‘g‘il bolaning ashyolari)ga 500 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bunda asosiy mablag‘ bolaning kiyimiga sarflanadi. Ma’lumki, birinchi sinf o‘quvchilariga birinchi Prezident muhtaram Islom Karimovning tashabbusi bilan maktab sovg‘alari tashkil etilgan. Sovg‘a tarkibiga maktab portfelidan tortib, daftar, ruchka, qalam kabi bir bola uchun zarur bo‘lgan barcha o‘quv qurollari kirib, bunda o‘quvchining o‘g‘il yoki qiz bola ekanligi inobatga olingan. Bu ota-onalarga mablag‘ tariqasidagi katta yordam bo‘libgina qolmay, balki bolajonlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilgan katta e’tibor hamdir.

Endi hisob-kitobimizga qaytsak, 2-sinfdan 4-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan kanselyariya ashyolari uchun 150 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha sarflanadi.
5-sinfdan 9-sinfgacha bo‘lgan o‘smirlarga mo‘ljallangan kanselyariya ashyolari 500 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha sarflanada.
Yuqori sinf va boshqa ta’lim dargohlarining o‘quvchi-talabalari 800 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha mablag‘ zarur.

Kanselyariya mahsuloti va ashyolari turli savdo rastalarida o‘rtacha quyidagi narxlarda sotilmoqda:
12 varaqli daftarning donasi 250 so‘mdan 700 so‘mgacha;
36 varaqli daftar 1000 so‘mdan yuqori;
96 varaqli daftar 1500 so‘mdan yuqori;
Rasm daftar (16 varakli) 2000 so‘mdan, (40 varakli) 3500 so‘m;
Kundalik daftar 5000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha;
Atlas xarita (konturi bilan) 8500 so‘m;
Mehnat darsligi ashyolari solinadigan sumka 14 000 so‘m;
Jismoniy tarbiya kiyimlari solinadigan xalta 15 000 so‘mdan 25 000 so‘mgacha;
Ruchka (ishlab chiqaruvchi va sifatiga qarab) 200 so‘mdan 1500 so‘mgacha;
Penal 15 000 so‘mdan 50 000 so‘mgacha;
Qalam 100 so‘mdan 300 so‘mgacha;
Elim turiga qarab 1000 so‘mdan yuqori;
Turli chizg‘ichlar komplekti 5000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha;
Oq qog‘oz bir to‘plami 30 000 so‘mdan yuqori;
Chizmachilik ashyolari (qog‘oz, sirkul va b.) 50 000 so‘mgacha;
Maktab portfeli 50 000 so‘mdan 300 000 so‘mgacha;

O‘chirg‘ich (500-1000), rangli qalamlar to‘plami (3000-60 000), rangli bo‘yoqlar to‘plami (5000-20 000), mo‘yqalamlar (kistochkalar) to‘plami (3000-10 000), qalam taroshlagichlar (500-5000), kitob jildlar (5000), daftar jildlar (5000-8000), rangli qog‘ozlar to‘plami (3000-10 000), plastilin (10 000 so‘mdan yuqori), maktab qaychi (2000-5000), fayllar (3000-10 000), flomaster kabi o‘quv qurollariga jami (ishlab chiqaruvchisi, turi, hajmi, sifatiga qarab) umumiy hisobda bir o‘quvchiga 500 000 so‘mdan 1 000 000 so‘mgacha mablag‘ talab etadi.

Yuqorida qayd etilgan barcha narxlar o‘rta hisobda (bozor va do‘konlarda mavjud narxlar inobati bilan) olindi. Yana shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahri markaziy ko‘chalaridagi yoyma do‘konlarda mazkur narxlar ikki baravar qimmatroq ekanligi aniqlandi.

Diqqat maslahat: maktab bozoriga borishdan bir kun oldin eng zarur buyumlar ruyxatini tuzib olishingiz maqsadga muvofiqdir. Buyumlarni xarid qilayotganingizda iloji boricha bitta do‘kondan olishingizni maslahat beramiz. Chunki do‘kondor umumiy hisob-kitobdan chegirib berishi har tomonlama qulaydir. Xarid qilgan narsalaringizni iloji boricha tartib bilan paket yoki qog‘oz qutilarga (agar iltimos qilsangiz sotuvchi beradi) joylang. Hech narsa qolib ketmaganligiga ishonch hosil qiling. Chunki sotuvchilarning aytishicha, gohida xaridorlar eng mayda (masalan: qalam, ruchka, turli jildlar kabi) narsalarni unutib qoldiradilar.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab bozori: bir o‘quvchiga mo‘ljallangan kanselyariya mahsulotlari qanchaga tushadi?