13:02 / 08.08.2017
7 724

Birinchi Prezidentning faoliyatini «qayta ko‘rib chiqish» nimaga olib keladi?

Birinchi Prezidentning faoliyatini «qayta ko‘rib chiqish» nimaga olib keladi?
Mustaqil O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tganiga bir yil ham bo‘lmadi. Lekin uning faoliyatini «qayta ko‘rib chiquvchilar», uning siyosati va strategiyasiga «ob’ektiv baho beruvchilar» katta sahnaga chiqishga urinmoqda.

Bunga ko‘pchilikning munosabati salbiy. Ko‘p yillar davomida Yurtboshimiz sanalgan shaxsni endi qoralashga urinish — bu milliy davlatchiligimizni, uzungina siyosiy yo‘limizni, qolaversa 25 yil davomida birga qilgan mehnatimizni ham yomonlash degani.
Esimda bor, 80-yillarning oxirida mahallamizning ro‘parasidagi uylar ommaviy tartibsizliklar davomida kul bo‘lgani, ularning egalari esa bosh olib qochgani. Yoki 90-yillarning birinchi yarmida ikki buxanka non olish uchun «kupon» ko‘tarib, navbatda turganimiz.

Yoki yaqin yillargacha «reketchilar» va terroristlar jamiyatimizga jiddiy tahdid solib kelganligi. Bularni biz ko‘rgan bo‘lsak ham, bolalarimiz ko‘rmadi (va ko‘rmasin). Bular bizning ham yodimizdan sekin asta chiqmoqda. Bugungi tinch hayot, kamchiliklar bilan bo‘lsa-da, ishlab turgan davlat mexanizmlari va huquqiy tartib huddi doim bo‘lgandek.

To‘g‘ri, o‘tgan yillar davomida kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan edi. Lekin qaysi ulkan siyosatchi xato qilmagan? Va I.Karimovning xatolaridan ko‘ra yutuqlari ko‘proq ekaniligini vaqt ko‘rsatmayaptimi? Nima bo‘lsa ham Birinchi Prezidentimiz O‘zbekistonni barcha balolardan himoya qilib, bugungi kungacha but-butun holda olib kelishni ta’minladi. Bu tarixiy shaxs bayrog‘imiz yoki madhiyamiz kabi davlat ramzlaridan biriga aylandi, desak adashmaymiz.

Davlatchiligi eng mustahkam AQSh yoki Buyuk Britaniya hech qachon sobiq birinchi rahbarlarini rasman yomon demaydi. Chunki bu yondashuv rivojlanish uzviyligini izdan chiqarib tashlashini va amaldagi rahbarga juda salbiy ta’sir qilishini hamma yaxshi tushunadi. Ishonmasangiz, Oliver Kromvel haqida ozgina o‘qib ko‘ring. Keyin esa uning haykali qaerga o‘rnatilganligi bilan qiziqib ko‘ring.

Muallif: «Xalq bilan muloqot» guruh maslahatchisi

Manba: 1news.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Birinchi Prezidentning faoliyatini «qayta ko‘rib chiqish» nimaga olib keladi?