Sergeli avtomobil bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

  • 09 avgust 2017, 19:30
  • 4 692
  • Jamiyat
  • Sergeli avtomobil bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi
    Sergeli tumanida joriy yilning 8 avgust kuni Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga asosan Darakchi xabar berdi.

    Sergeli tumanida 8 avgust kuni soat 10.30 da, 1997 y.t. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi Z.D. Sergeli 6-dahasida joylashgan “Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari bozori” 1-blok 25-do‘kon oldida turgan, 1994 y.t. Sergeli tumani 8A-dahada yashovchi X.X.ga tegishli bo‘lgan, narxi 1.200.000 so‘mlik bo‘lgan “Damas” rusumli avtoulovining orqa tortish moslamasini o‘g‘rilab, voqea joyidan yashiringanligi aniqlanib, ushlangan. Daliliy ashyo sifatida ehtiyot qism olingan.

    Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169 m. 1-q. bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.

    » » Sergeli avtomobil bozorida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi