7 716
“Ahmadboy” seriali davom etadi...Toshkent viloyati jinoyat sudida navbatdagi sud majlisi
Toshkent viloyati jinoyat sudida Chinoz tumanida moliyaviy piramida tashkil etib, turli noqonuniy moliyaviy amaliyotlarga qo‘l o‘rgan Ahmadjon Tursunboyev jinoiy ishi yuzasidan navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda bevosita ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, xalq orasida “Ahmadboy” nomi bilan dong taratgan ayblanuvchi va uning 6 nafar jinoiy sherigi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4 ta moddasi bir necha bandlari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Mahkama raisi Dilshod Komilovning ma’lum qilishicha, ular nisbatan JKning 177-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yo‘l bilan olish yoki sotish), 188-moddasi (davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad ko‘rish), 189-moddasi (Savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi 2-qismi “a” va “v” (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud majlisida 11 nafar guvohning so‘zlari tinglandi. Ular, aslida “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” MChJlarga turli miqdorda pul berib, jabr ko‘rgan bo‘lsalar-da, ushbu ish yuzasidan guvoh sifatida qatnashishgan.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 16 iyunida “moliyaviy piramida” tashkil etgan Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy guruhi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!