01:47 / 11.08.2017
6 440

Prezident qarori: Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlanadi

Prezident qarori: Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 10 avgustda “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni davlat rahbari saytida keltirilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasini saqlash, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, shuningdek, Uyushmaning va Uyushmaga qarashli bo‘lgan Respublika Milliy matbuot markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni moliyalashtirish manbasi etib O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.

Uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan “Ilhom” jamoat fondiga ajratiladigan byudjet mablag‘lari (subsidiya) hisobidan qoplanadi.

Toshkent shahar hokimligiga Uyushmani Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 16-A uyga joylashtirilishini ta’minlash bo‘yicha vazifa yuklatildi.

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining Uyushmaga xayriya asosida 1 ta “Damas” rusumli avtomashinasini ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki er uchastkalari bilan ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yishi belgilab berildi.

Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov zimmasiga yuklandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qarori: Ehtiyojmand va faol jurnalistlar imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlanadi