12:12 / 11.08.2017
8 219

Go‘sht, piyoz, yog‘ va boshqa maxsulotlarning narxi nazorat ostiga olinadi

Go‘sht, piyoz, yog‘ va boshqa maxsulotlarning narxi nazorat ostiga olinadi
Vazirlar Mahkamasi 2018 yilning 1 apreliga qadar Narxlarni barqarorlashtiruv jamg‘armasi mablag‘larini ichki bozor bo‘yicha tartibga solish tadbirini o‘tkazdi. Ushbu muddat hukumat qaroriga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.

Jamg‘arma mablag‘lari ichki bozor mahsulotlariga bo‘lgan talab va taklifning mavsumiy tebranishlarining oldini olishga yo‘naltiriladi. Birinchi o‘rinda bu chorva go‘sht, o‘simlik va hayvonot yog‘i, don mahsulotlari, un, sabzi, piyoz va boshqa ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlarga tegishli.

Yuqorida qayd etilgan jamg‘arma Prezidentning joriy yil 23 iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan. Fondning dastlabki kiritmasi $100 mlnni tashkil qiladi.

Jamg‘arma Respublika qo‘mitasining qaroriga ko‘ra Moliya vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Tashqi savdo vazirligi jahon bozoridagi narxlar holatini tahlil qilib, respublika qo‘mitasiga ijtimoiy ahamiyatli mahsulotlar uchun narxlarni belgilaydi.

Ajratilgan mablag‘lar nazorati Moliya vazirligi tarkibidagi Revizion nazorat boshqarmasi zimmasidadir. O‘z navbatida DSQ fond hisobidan olinayotgan mahsulotlarning xarakati va narxlarning oshmasligini nazorat qilishi lozim.

Manba: mazmun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Go‘sht, piyoz, yog‘ va boshqa maxsulotlarning narxi nazorat ostiga olinadi