17:05 / 12.08.2017
6 539

Teleboshlovchi jonli efirda sevgan yorini qo‘lini so‘radi (Video)

Teleboshlovchi jonli efirda sevgan yorini qo‘lini so‘radi (Video)
Rossiyaning “Zvezda» telekanali “Novosti dnya” ko‘rsatuvi boshlovchisi Denis Kochanov ko‘rsatuv yakunida, jonli efir vaqtida o‘zining sevgan yoriga turmushga chiqish taklifini bildirib, uning qo‘lini so‘radi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Jurnalist ijobiy yangiliklar etishmayotganini aytib, bunday xabarni o‘zi “qo‘shishga” qaror qilgan. U shuningdek teletomoshabinlar uni qo‘llab-quvvatlashlariga umid bildirgan.

“Men bugun jonli efirda butun mamlakatga o‘z sevgan yorimga taklif bildirmoqchiman, ishonamanki, u meni ko‘rmoqda. Stepanova Margarita, menga turmushga chiqasanmi?”, deb so‘ragan Denis tizzasiga o‘tirib, uzuk solingan qutichani ochgan.

“Javobingni kutaman. Umid qilamanki, “Ha” deb javob berasan!”, deb qo‘shimcha qilgan boshlovchi.

Denisning yori uni uzoq kuttirib o‘tirmadi va uning taklifiga roziligini Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Teleboshlovchi jonli efirda sevgan yorini qo‘lini so‘radi (Video)