19:27 / 12.08.2017
7 178

Yunusobodda “Neksiya” va “Lasetti Jentra” ishtirokida jiddiy YTH yuz berdi

Yunusobodda “Neksiya” va “Lasetti Jentra” ishtirokida jiddiy YTH yuz berdi
12 avgust kuni soat taxminan 14:30lar atrofida poytaxtning Yunusobod tumanidagi Bog‘ishamol ko‘chasida “Lasetti Jentra” va “Neksiya” avtomobillari ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining yozishicha, “Jentra” haydovchisi yon tomondan harakatlanayotgan yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lib, “Neksiya” bilan to‘qnashib ketgan.

Fotosuratdan ko‘rish mumkinki, to‘qnashuv natijasida “Neksiya” juda jiddiy zarar ko‘rgan.

Xabar qilinishicha, “Neksiya” haydovchisiga YTH joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa oqibatida boshqa yana kimdir jabrlangani noma’lum.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda “Neksiya” va “Lasetti Jentra” ishtirokida jiddiy YTH yuz berdi