20:29 / 12.08.2017
5 656

Bodibilderning salto qilishga urinishi fojiali yakunlandi

Bodibilderning salto qilishga urinishi fojiali yakunlandi
Janubiy afrikalik bodibilder, o‘smirlar o‘rtasida sobiq jahon chempioni Sifiso Lungelo Tabeta musobaqalar vaqtida halok bo‘ldi. Yosh sportchining salto qilishga urinishi uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Sportchi musoqaba vaqtida arena o‘rtasiga chiqayotganda yorqin ko‘rinish maqsadida salto qilishga uringan, biroq uning urinishi muvaffaqiyatsiz chiqib, u boshi bilan erga tushgan va bo‘yin umurtqalarini sindirib olgan.

Voqea 5 avgustda sodir bo‘lgan, biroq u haqda endigina ma’lum qilingan. Tomoshabinlar 23 yoshli bodibilderning hayotidagi so‘nggi tryukini videoga muhrlashgan.

Rolikdan ko‘rinishicha, sportchi erga tushgach, turolmay qolgan. Unga yordam berishga urinishlar besamar ketgan, sportchining hayotini saqlab qolish muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

“Bodibilding hamjamiyati umlazilik bodibilder, Sifiso Lungelo Tabetaning fojiali o‘limi haqidagi xabardan karaxt holda va qayg‘uga cho‘mgan”, deb yozilgan Janubiy Afrikada chop etiluvchi bodibilding haqidagi Muscle Evolution jurnalida.

Sportchining muxlislari va do‘stlari ham uning bevaqt o‘limi sababli Instagram’da uning surati ostida o‘z hamdardliklarini bildirganlar.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bodibilderning salto qilishga urinishi fojiali yakunlandi