Toshkentda zo‘ravon talonchi qo‘lga tushdi

  • 14 avgust 2017, 16:04
  • 3 638
  • Jamiyat
  • Toshkentda zo‘ravon talonchi qo‘lga tushdi
    Joriy yilning 10 avgust kuni taxminan soat 13:30 larda Djumataev Raimjon o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani hududida, fuqaro Egamberdiev Nodirbekka zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan 1.750.000 so‘m va 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarini egallab olgan.

    Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya’ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda zo‘ravon talonchi qo‘lga tushdi