15:36 / 15.08.2017
6 160

Nyu-Yorkda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosini polisiya va ko‘ngillilar qidirmoqda

Nyu-Yorkda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosini polisiya va ko‘ngillilar qidirmoqda
Nyu-Yorkda 3 avgust kuni AQShga o‘z qarindoshlarini ko‘rgani borgan o‘zbekistonlik erkak bedarak yo‘qoldi, deb yozadi «1news.uz».
1958 yilda tug‘ilgan Ahmedov Sobirjon Ogayo shtatida istiqomat qiladigan qarindoshlarinikiga borish uchun Toshkentdan Nyu-Yorkka uchgan. Ahmedovning qizi iltimosi bilan aerportda uni taksichi kutib olib, Chayna-Taundagi avtobus bekatiga olib borgan, u erdan erkak avtobusda Ogayo shtatiga etib olishi kerak edi, deb yozadi Daryo.uz.

Ahmedov bekatda chipta sotib olgach, taksichi ketgan, u esa bekatda Ogayoga otlangan yana bir o‘zbekistonlik bilan birga qolgan. Ammo biroz vaqtdan so‘ng Ahmedov Sobir aylanib kelish uchun avtobus bekatidan Kanal-stritga qarab yo‘l olgan va qaytib kelmagan.
Bu haqda Ogayoga otlangan o‘zbekistonlik erkak xabar bergan.

Forum Daily ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmedov Sobir Nyu-Yorkda rasman qidiruvga berilgan, polisiya uni qidirishda davom etmoqda.
Yaqinda o‘zbekistonliklardan iborat bir guruh ko‘ngillilar Ahmedov yo‘qolgan joyni yaxshiroq o‘rganish maqsadida Chayna-Taunga bordi; ular shuningdek uning yo‘qolgani haqidagi e’lonlarni osib chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nyu-Yorkda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosini polisiya va ko‘ngillilar qidirmoqda