15:03 / 16.08.2017
7 119

Abdulla Aripov Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi
Avval xabar berganimizdek, ayni damda amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirig‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi.

Qirg‘iziston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov ham ishtirok etgan uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalar yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zbek-qirg‘iz hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidladi.

O‘z navbatida, Abdulla Aripov ham Prezident Almazbek Atamboyevga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning salomini etkazib, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.


Manba: uzbekistan24.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abdulla Aripov Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi