23:15 / 16.08.2017
8 997

O‘zbekistonliklar Rossiyada o‘rtacha qancha oylik olishadi?

O‘zbekistonliklar Rossiyada o‘rtacha qancha oylik olishadi?
Rossiyada qonuniy asosda ishlovchi o‘zbekistonlik migrantlar bir oyda o‘rtacha 29 ming rubl, noqonuniy migrantlar esa 27,2 ming rubl ishlashadi. Bu haqda Sof.uz ma’lumot berdi.

Rossiyada ishlayotgan mehnat migrantlari orasida eng kam pulga ishlovchilar esa tojikistonliklar ekan. Qonuniy asosda ishga joylashgan tojikistonliklar oyiga o‘rtacha 27,9 ming rubl, noqonuniy migrantlar esa 25,1 ming rubl topishadi.
Rossiyada ishlash uchun ruxsatnoma talab qilinmaydigan qirg‘izistonliklar esa mos ravishda 29,3 ming va 27,2 ming rublga ishlashadi.

Aytilishicha, Rossiyadagi xorijiy ishchilarning o‘rtacha daromadi rossiyaliklarning o‘rtacha oylik maoshiga (35,8 ming rubl) yaqinlashib qolgan. Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, Rossiyada qonuniy ishlovchi ozarbayjon va gruzinlarning o‘rtacha oylik daromadi 35,9 ming rublni tashkil etadi.

Bunda migrantlarning ish haftasi davomiyligi rossiyaliklarnikiga nisbatan bir yarim baravar ko‘proq – 39,6 soat o‘rniga 59 soat.
So‘rovlarda ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklarning 53,1 foizi ish joyida rus tilidan asosiy til sifatida foydalanmaydi.

Tojiklarda bu ko‘rsatkich 53,8 foizni tashkil etadi. Do‘stlari davrasida esa o‘zbeklarning 13,6 foizi, qirg‘izlarning 13 foizi va tojiklarning 12,9 foizi ruscha gaplashadi.

MDH mamlakatlaridan Rossiyaga kelgan migrantlar orasidagi so‘rovnoma shu yilning fevral-mart oylarida 8,7 ming kishi o‘rtasida o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Rossiyada o‘rtacha qancha oylik olishadi?