22:36 / 17.08.2017
8 709

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimidan norozimi?

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimidan norozimi?
Bugun, 17 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.

Unda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, videokonferensaloqa vositasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, jamoat tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalari mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Respublikada nima sababdan jinoyatchilik kamaymayapti?

Davlat rahbari yig‘ilishni ana shu achchiq savol bilan boshladi. Videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda davom etayotganini birgina shu savoldan anglash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9 fevral kuni ham ichki ishlar organlari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar tizimidan norozimi?