09:02 / 18.08.2017
9 267

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi
Shavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

Davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan jamg‘armaning kichik tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‘rsatish asosiy vazifasi etib belgilandi:

a) kichik tadbirkorlik sub’ektlariga mazkur qarorda qayd etilgan maqsadlarga kredit ajratish uchun tijorat banklariga, jumladan, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish;

b) kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 500 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish;

v) tijorat banklarining qiymati 1 million dollardan oshmaydigan miqdordagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensasiya berish:

milliy valyutada — qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasida — O‘zbekiston Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorida;

xorijiy valyutada — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

Jamg‘arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi va tijorat banklariga resurslarni taqdim etadi.

Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensasiyalar, shuningdek, tijorat banklariga quyidagi sohalarda loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun resurslar taqdim etadi:

qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samaradorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida — meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar;

ko‘p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash loyihalari;

tadbirkorlik faoliyatining Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi