13:50 / 18.08.2017
10 010

Ona sherning qaynoq qalbi. Ko‘ring, havas qiling va zavqlaning!!! (VIDEO)

Ona sherning qaynoq qalbi. Ko‘ring, havas qiling va zavqlaning!!! (VIDEO)
Yovvoyilar dunyosida omadi chopmay, ota-onasi tashlab ketgan jonivorlarni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi Kevin Richardson qachonlardir tashlandiq sher bolasini asrab olgan va boqqan. Sher bolasi urg‘ochi edi. Voyaga etgach, uni yovvoyi tabiat qo‘yniga kuzatib ham qo‘ydi.

Sababi, sherlar qafasda, uy sharoitida uzoq yashay olishmaydi. Mana, oradan yillar o‘tib xuddi o‘sha Richardsonning asrandisi xaloskori bilan uchrashdi. Uchrashuv shu qadar ta’sirli va qaynoqki, qalbida zarracha mehr tuyg‘usi bor inson bu lavhani ko‘z yoshlarisiz tomosha qila olmaydi. Qarang, sherlardek yovvoyi va vahshiy hayvonlar ham yaxshilikni unutmas ekan, tuz bergan joyga albatta qulluq qilarkan.

Videolavhani ko‘ra boshlagan odam sher bu erkakka tashlanib jarohat etkazadi yoki burdalab tashlaydi deb o‘ylaydi. Aslida esa urg‘ochi sher xaloskori bilan xuddi shunday tezkor tartibda uchrashdi, salomlashdi va bolalikdagi yordami, bergan non-tuzi uchun minnatdorchilik bildirdi.



Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ona sherning qaynoq qalbi. Ko‘ring, havas qiling va zavqlaning!!! (VIDEO)