17:40 / 18.08.2017
9 673

Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi bog‘chalardan birida

Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi bog‘chalardan birida
Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida shahardagi «Shudring» nomli 5-sonli maktabgacha ta’lim muassasasiga ham tashrif buyurdi va bu erdagi loyihalar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezidentning Facebook’dagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent viloyatida 406 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib boradi.

Davlat rahbariga maktabgacha ta’limda bola shaxsini rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablarining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berilgan. Shavkat Mirziyoyev ayni yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, sohani yanada rivojlantirishga faqatgina davlat muassasalari emas, balki, nodavlat tashkilotlarini ham keng jalb etish lozimligini qayd etdi.

«Shundagina 2018 yilga borib, maktabgacha ta’lim muassasalari barcha bolajonlarni to‘liq qamrab oladi», degan prezident.

Bu erda Prezident shuningdek, 120 o‘ringa mo‘ljallangan namunali maktabgacha ta’lim muassasasi loyihasi bilan ham tanishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi bog‘chalardan birida