15:01 / 20.08.2017
4 815

«G‘aroyib hodisalar izidan»: yomonlarni yakson eta oladigan dog‘…

«G‘aroyib hodisalar izidan»: yomonlarni yakson eta oladigan dog‘…
— «Bilagimda uchburchak shaklidagi g‘alati dog‘ paydo bo‘lganida, — deydi anapalik Vadim Grachev. — Juda qo‘rqib ketdim. Uni qanday bo‘lmasin, yo‘qotish harakatiga tushdim. Ammo keyinchalik dog‘ o‘z yo‘limni topishimga ko‘mak berdi…»
Bu ishda vrach ham ojil qoladi
— Yordam bera olmayman, — qo‘llarini siltadi vrach. — Fikrimcha bu narsa unchalik qo‘rqinchliga o‘xshamaydi. Vaqti kelib bir kun o‘zi yo‘qolib ketadi…
Bu gapni eshitib, Vadimning jon-poni chiqib ketdi. Axir, mana, beshinchi marotaba poliklinikaga qatnashi. Har safar shu gap…
Dog‘ kunlarning birida to‘satdan paydo bo‘lgandi. Vadim ko‘rdiki, bilagida uchburchak shaklidagi dog‘ hosil bo‘libdi. U yana yaxshiroq tikilib qaralsa, qandaydir mifologiyaga oid suratni ham eslatib yuboradi. Eng yomoni, har kuni ertalab bilagini dog‘ qattiq kuydirardi. Vadim chiday olmas, tishni tishga bosgancha to og‘riq o‘tib ketmaguncha qotib o‘tirishga mahkum edi. Do‘xtirlar bo‘lsa, analiz olishar va qo‘l siltashdan nariga o‘ta olishmasdi.
Do‘xtirlardan biri kutilmaganda shunday deb qoldi:
— Uka, bu dog‘ skandinaviya miflariga tegishliga o‘xshaydi. Bilasizmi, qadimda alohida odamlar xuddi shunga o‘xshash uchburchaklarni bilaklariga chizib yurishgan…
— Men ham ilgari mifologiya bilan biroz shug‘ullanib ko‘rganman. — dedi Vadim. — Lekin bunaqangi narsalar haqida eshitmagan ekanman…

«AARD» BELGISI
Vadim tinchini yo‘qotdi. To‘g‘ri-da, haqiqatan afsonaviy dog‘ bo‘lib chiqmasin bu narsa…
Kutubxonaga bordi-da, skandinaviya afsonalariga oid barcha kitoblarni uyiga olib keldi. Erinmasdan ularni birma-bir varaqlay boshladi. Nihoyat topdi. Xuddi bilagidagi dog‘larga o‘xshab ketadigan alohida belgilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘zi tushib to‘lqinlanib ketdi. Ba’zan dog‘ning qattiq kuydirib qo‘yayotganini ham unutdi…
Ana, uchburchak shaklidagi dog‘ surati…
Ma’lum bo‘lishicha, bu dog‘ Aard belgisi deb nomlangan ekan. Bu belgi faqat turli yomon niyatli odamlar, tirik murdalar hamda vampirlar bilan bemalol kurasha oluvchi kimsalargagina qo‘yilgan. Belgi qo‘yilgan odam yuqoridagi majburiyatlarni bo‘yniga olishi lozim bo‘lgan. Albatta, Xudoning o‘zi unga ko‘mak berib turgan. Garchi, Vadimning xayolida bu gaplar afsonaga o‘xshab tuyulsa-da, haqiqatmi-yo‘qmi, shuni o‘zida sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi.
— «Ko‘raman, — dedi o‘ziga o‘zi. — Agar rostakamiga men begunoh odamlarni yomonlar hamlasidan qutqara olsam, demak, kitobdagi yozuvlar haqiqat bo‘lib chiqadi…»
Vadim bir necha kun kuzatib yurdi. Dog‘ uni qay payt va qaerlarda kuydira boshlashini tekshira boshladi.
Bir kuni yo‘lda ketayotib, birdan bilagini dog‘ kuydira boshladi. U bazo‘r chidab yon atrofiga razm soldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, tor ko‘chalardan birida uch barzangi yoshgina qizni o‘rtaga olib do‘qlayapti. Biri qo‘lidagi pichoqni qizchaning tomog‘iga qadab olibdi.
— Ana endi o‘zingdan ko‘r, — dedi ulardan biri qizga. — Onang aytganimizga ko‘nmadimi, endi seni tinchitib ketamiz…
Vadim qanday tezlikda yigitlarning oldiga borib qolganini o‘zi ham sezmay qoldi. Shu tobda bilagida paydo bo‘lgan noma’lum kuch qizchani qutqarishga yordam berdi. Barzangilarni birma-birerga dumalatib, qizning qo‘lidan etaklagancha uyiga olib bordi. Onasi prokuror ekan. U juda qaltis jinoiy ishni ko‘rayotganda, kimlardir uni qo‘rqitib, agar aytganlariga ko‘nmasa, qizidan ayrilishi muqarrarligini ta’kidlashgan ekan…
Ana o‘sha voqeadan so‘ng dog‘ oddiy emasligiga amin bo‘ldi. Har kuni yo‘l-yo‘lakay yomon odamlarni o‘zicha qidiradigan, begunohlarni qutqarishga oshiqadigan bo‘ldi.
Oradan bir haftacha o‘tib, avtobus bekatida tursa, yana bilagi kuya boshladi. Shoshib atrofni kuzatdi. Qarasa, katta yo‘lni o‘n uch yoshlar atrofidagi bolakay kesib o‘tyapti. Qo‘lida kitob. O‘qishga shu qadar berilib ketganki, mashinalar bilan umuman ishi yo‘q. Vadim hovliqib qarama-qarshi tomonga ko‘z tashladi. Uzoqdan bir mashina juda katta tezlikda uchib kelardi. Jonholatda bola tarafga qarab chopdi. Bu orada mashina hametib kelib qattiq tormoz berdi. Xayriyatki, Vadim bolani qutqarib qolishga ulgurdi. Mashina bo‘lsa, yo‘l chetiga chiqib ag‘darildi.
Xullas, Vadim endi og‘riqlarga ham e’tibor bermay qo‘ydi. Qanchalik joni og‘rimasin, bu dog‘ bilan ichida faxrlanadigan, ko‘ngilsizlik kutayotgan odamlarga yordam berish uchun oshiqadigan bo‘ldi.
U ajdodlari qoldirib ketgan bunday qimmatbaho merosga ega bo‘lganidan juda baxtiyor edi.

Anna BONDARENKO


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «G‘aroyib hodisalar izidan»: yomonlarni yakson eta oladigan dog‘…