17:31 / 21.08.2017
10 454

Andijon viloyati hududida snaryad topildi (Foto)

Andijon viloyati hududida snaryad topildi (Foto)
Andijon viloyati Jalaquduq tumani dala maydonida 152 mmli snaryad topildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Kun.uz ga ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, Jalaquduq shahar Boycheki MFYda yashovchi X.M. Jalaquduq tumani Teshiktosh QFY Dehqonobod mahalla hududida joylashgan «Foziljon-erlari» fermer xo‘jaligining dala maydonida ov qilayotgan vaqtida «Gaubisa D-20» nomli, uzunligi 70 sm, 152 mm kalibrli snaryadni topib olgan. U eskirib zanglagan holda bo‘lgan. Shundan so‘ng, X.M. o‘q-dorini yashash uyiga olib kelgan va o‘z ixtiyori bilan tuman IIB hodimlariga topshirgan.

Ushbu snaryad ayni vaqta viloyat IIB maxsus guruh xodimlariga topshirilgan. Tergovga qadar tekshiruvni tuman IIB tergov bo‘limi olib bormokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyati hududida snaryad topildi (Foto)