18:02 / 21.08.2017
13 343

To‘yga ketayotgan kelin-kuyov falokatga uchradi

To‘yga ketayotgan kelin-kuyov falokatga uchradi
Qozog‘istonning Kostanay shahrida yangi kelin-kuyov to‘y kuni mudhish yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Qalampir.uz” sayti xabar berdi.

Guvohlarning aytishicha, “VAZ-2114” avtomobili yo‘l harakati qoidasini buzgan holda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan “Kia” rusumli mashinaga katta tezlikda kelib urilgan.

“Kia” mashinasi ichida shu kuni yangi kelin va kuyov hamda ularning guvohlari to‘y marosimiga ketayotgan bo‘lishgan. Ro‘y bergan YXH oqibatda kuyov hushini yo‘qotgan, kelin esa qonga belangan. Oyna siniqlari kelinning yuzini kesib yuborgan.

Guvohlarning aytishicha, to‘yxonaga 3 daqiqalik yo‘l qolganda ushbu baxtsiz voqea sodir bo‘lgan va to‘y azaga aylangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘yga ketayotgan kelin-kuyov falokatga uchradi