08:55 / 22.08.2017
7 221

Andijonda baxtli ona birvarakayiga to‘rt o‘g‘il ko‘rdi

Andijonda baxtli ona birvarakayiga to‘rt o‘g‘il ko‘rdi
Andijon shahridagi perenital markazida birdaniga to‘rt nafar o‘g‘il chaqaloq dunyoga keldi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, skrining natijasida to‘rtta chaqaloq tug‘ilishi oldindan ma’lum bo‘lgan. Ayni paytda ona va to‘rt pahlavonning sog‘ligi yaxshi. Ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Baxtli oila Shahrixon tumanining Hamdo‘stlik mahallasida istiqomat qiladi. Chaqaloqlar onasi Shohidaxon Arabboyeva to‘rt o‘g‘ilga Shavkatbek, Shuhratbek, Hasan, Husan ismlarini berilganini bildirdi.



Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda baxtli ona birvarakayiga to‘rt o‘g‘il ko‘rdi