12:32 / 22.08.2017
7 310

O‘zbekiston baliqchilik sirlarini Indoneziyadan o‘rganmoqchi

O‘zbekiston baliqchilik sirlarini Indoneziyadan o‘rganmoqchi
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoir Mirzaev 2017 yilning 21 avgust kuni Indoneziya Prezidenti bilan uchrashdi. Bu haqda qalampir.uz nashri xabar berdi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan maqsad qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida hamkorlikni mustahkamlash hamda Indoneziya tajribasini o‘rganishdan iborat.

Bosh vazir o‘rinbosari Zoir Mirzaevga O‘zbekistonning Jakartadagi elchisi Shavkat Jamolov, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, Agrobank rahbari Saidkamol Xo‘jaev, O‘zbekbaliqsanoat Assosiasiyasi rahbari Muzaffar Abduazimovlar hamrohlik qilmoqda.

O‘zaro kelishuvga binoan, Indoneziyaga tajriba orttirish maqsadida O‘zbekistondan mutaxassislarni yuborish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston baliqchilik sirlarini Indoneziyadan o‘rganmoqchi