13:31 / 22.08.2017
7 206

4 kilo marixuana uzum orasidan ko‘rinib qoldi

4 kilo marixuana uzum orasidan ko‘rinib qoldi
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida viloyat IIB va Chinoz tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi rasmiy xabariga iqtibos keltirgan holda Qalampir nashri ma’lum qildi.

Tadbir davomida “Amir Temur” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, hech qayerda ishlamaydigan, 1961 yilda tug‘ilgan A.Ya.ning uyi tekshirilganida, uning hovlisidagi uzum so‘risida quritib qo‘yilgan 3 kilogramm 690 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik moddasi topildi. Giyohvandlik moddasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 4 kilo marixuana uzum orasidan ko‘rinib qoldi