22:46 / 22.08.2017
7 811

Shayxontohur tumanida qotillik yuz berdi

Shayxontohur tumanida qotillik yuz berdi
2017 yilning 19 avgust kuni taxminan soat 22:00 da, Akrom Abdugapparovich Ashrabov (ism-shariflar o‘zgartirilgan), Shayxontohur tumani, Gulobod dahasidagi salqin ichimliklar savdosi amalga oshiriladigan joyda, fuqaro Rixsivoy Ishmatovich Muratov bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, unga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati etkazgan. Bu haqda Toshkent shahar IIB saytida xabar berildi.

Natijada u “ko‘krak qafasi soxasida ko‘plab sanchilgan-kesilgan jaroxatlar, ichki qon ketishi” tashxisi bilan shahar birinchi klinik shifoxonasiga olib borilgan.

Biroq, R.Muratov olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonaning jonlantirish bo‘limida hayotdan ko‘z yumgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayxontohur tumanida qotillik yuz berdi