23:05 / 22.08.2017
6 876

Toshkent-O‘sh yo‘lida yirik avtohalokat ro‘y berdi

Toshkent-O‘sh yo‘lida yirik avtohalokat ro‘y berdi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 18 avgust kuni kechasi Toshkent-O‘sh avtoyo‘lida 4 ta avtomobil ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi haqida xabar berdi.

Toshkent- Farg‘ona vodiysi yo‘nalishida harakatlangan ChAKMAN rusumli yuk tashuvchi avtomobilning qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida “Isuzu” rusumli yuk mashinasi, Damas hamda Hyundai samosvali to‘qnashib ketdi. Natijada ushbu yo‘nalishda tirbandlik yuzaga keldi.

To‘qnashuvdan so‘ng, ChAKMAN va “Isuzu” rusumli yuk mashinalari ag‘darilib ketgan. Qutqaruvchilar avtomobillarni o‘z holatiga qayta ag‘darishga muvaffaq bo‘lishdi.

YTH oqibatida jabrlanganlar Pop tumanidagi markaziy shifoxonaga etkazilgan.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent-O‘sh yo‘lida yirik avtohalokat ro‘y berdi