07:08 / 23.08.2017
5 162

Endilikda butun mahalla emas, faqat qarzdor iste’molchi elektr energiyadan mahrum qilinadi

Endilikda butun mahalla emas, faqat qarzdor iste’molchi elektr energiyadan mahrum qilinadi
2017 yil 22 avgust kuni Milliy matbuot markazida "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan OAV vakillari uchun anjuman o‘tkazildi. Tadbir davomida "O‘zbekenergo" AJ vakillari aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, rejadagi chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berishdi.

Anjumanda ishtirok etgan "KUN.UZ" muxbiri tadbir tashkilotchilariga o‘z savollari bilan murojaat qildi:

- "O‘tgan qish mavsumda ayrim viloyatlarda, jumladan, Andijon, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining chekka tumanlarida. 12-16 soatlab chiroq bo‘lmasligini yoki 4 soat chiroq bo‘lsa 4 soat chiroq o‘chishi kuzatildi. Bu yilgi mavsumda bu holatning qay darajada oldi olinadi? Ayrim hududlarda qarzi bo‘lmasa ham qarzdorlar evaziga butun bir ko‘cha yoki mahalla elektr energiyasidan mahrum etiladi. Bu holatni yaxshilash va haqqoniylikni ta’minlash uchun nimalar qilinmoqda?".

Yuqoridagi savollarga "O‘zbekenergo" vakillari quyidagicha javob berishdi:


- "Yuqoridagi muammolarni bartaraf etishda avvalo, biz iste’molchilar elektr energiyasidan foydalanish madaniyatini oshirishimiz kerak. Kuz-qish mavsumida uzilish holatlari ko‘p bo‘lishiga yana bir sabab - gaz etishmasligi natijasida elektr energiyaga bo‘lgan talab yanada oshishidir. Joriy yilda ushbu masalani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishni rejalashtirilgan.

Qarzdorlik holatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, endilikda qarzdorlik holatiga chek qo‘yishda Majburiy byuro xodimlari bilan birgalikda ishlaymiz. Bu esa butun mahallani emas, balki faqat qarzdor iste’molchining o‘zini elektr ta’minotidan mahrum qilish va qarzni undirishga imkon beradi".

Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda O‘zbekiston aholisining elektr energiyasidan qarzdorlik holati 1,5 trillion so‘mni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endilikda butun mahalla emas, faqat qarzdor iste’molchi elektr energiyadan mahrum qilinadi