22:45 / 23.08.2017
5 833

Hujjatlarni qalbakilashtirgan firibgar qo‘lga tushdi

Hujjatlarni qalbakilashtirgan firibgar qo‘lga tushdi
Toshkent shahrida hujjatlarni qalbakilashtirganlikda ayblanib, qidirilayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Valijon Sirojov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan, ya’ni “soxtalashtiruvchining o‘zi yoki boshqa shaxs foydalanishi maqsadida muayyan huquq beradigan yoki majburiyatdan ozod etadigan rasmiy hujjatlarni tayyorlash va qalbakilashtirish” aybi bilan joriy yil 3 avgust kuni Chilonzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi.

Valijon Sirojov 21 avgust kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida joylashgan “Erkin” chegara postida qo‘lga olindi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hujjatlarni qalbakilashtirgan firibgar qo‘lga tushdi