09:46 / 24.08.2017
5 800

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Rossiya Federasiyasi hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb saytida xabar berildi.

Davlat rahbari mehmonni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, uning Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning Rossiya tomonidan raisi etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida amaliy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyali sohalardagi investision loyihalar va yangi istiqbolli dasturlar ijrosini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Igor Shuvalov samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin va hukumati raisi Dmitriy Medvedevning salom va ezgu tilaklarini izhor etdi.

Hukumat Raisining birinchi o‘rinbosari Rossiya Federasiyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni bundan buyon ham strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlantirib, mustahkamlab borishga tayyor ekanini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati Raisining birinchi o‘rinbosarini qabul qildi