11:02 / 24.08.2017
7 356

Xalq ta’limi vazirligi: «Ota-onalar sinf fondiga pul berishga majbur emas»

Xalq ta’limi vazirligi: «Ota-onalar sinf fondiga pul berishga majbur emas»
Umumta’lim maktablari o‘quvchilarining ota-onalari sinf fondiga pul berishi majburiy emas. Bu haqda XTV ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Kenjaev bugun, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klub sessiyasida ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligi Umumta’lim muassasalar faoliyatini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Kenjaev so‘zlariga ko‘ra, ota-onalarning maktab va sinf jamg‘armalariga pul topshirishlari majbur emas.

«Bunga nafaqat o‘qituvchi yoki maktab direktori aybdor. Vazirlik xodimi sifatida emas, oddiy ota sifatida aytamanki, bugungi kunda maktablarda ota-onalar kengashlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Kengashlar kerak bo‘lgan va kerak bo‘lmagan narsalarni xarid qilishadi. Odamlar buni maktab direktori yoki o‘qituvchi qilmoqda deb o‘ylaydilar. Ammo pullar asosan ota-onalar kengashlari tomonidan yig‘iladi», — dedi Kenjaev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligida sinflarda nimalar bo‘lishi kerakligi haqida aniq davlat standartlari mavjud. Agarda ota-onalar ortiqcha narsalarni istab qolishsa, ular bunga pul yig‘ishadi.
Vazirlik bunday yondashuvga mutlaqo qarshi, lekin bularga cheklov qo‘yishga har doim ham kuchi etmayapti. Kenjaev bu masalada vazirlikka jamiyat va ota-onalar yordam berishi kerak degan fikrni bildirdi.

«Bugun bolaga nima kerak? O‘quvchilarga yorug‘ va shinam bo‘lgan sinf, doska zarur. Boshqa hech qanday ortiqchaliklarsiz. Biz bolalarga uydagidek bo‘lgan sharoitlarni yaratishimiz kerak emas. Biz maktablarda ijtimoiy tenglikni ta’minlashimiz shartdir. Buni ota-onalar tushunishini istaymiz», — dedi Kenjaev.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq ta’limi vazirligi: «Ota-onalar sinf fondiga pul berishga majbur emas»