21:34 / 24.08.2017
13 922

Sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan qiz ijtimoiy tarmoqlarda masxara bo‘ldi (Video)

Sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan qiz ijtimoiy tarmoqlarda  masxara bo‘ldi (Video)
Sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan Anastasiya ismli qizning qilig‘i ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinib, foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Videoda Anastasiya ismli qizning mashina ichida sevgan yigitidan “olmali” smartfon olib berishni so‘rab yig‘lagani aks etgan. U yigitidan hozirning o‘zidayoq iPhone 7 olib berishni talab qilmoqda. “Men hammaga iPhone 7 olib berishingni aytganman. Sen esa uni haligacha sovg‘a qilganing yo‘q”, deb yig‘ladi qiz.

Yigit undan biroz kutishni, puli yo‘qligini aytganda, Anastasiya “iPhone 7 olib berishga va’da berganinggi besh oy bo‘ldi, ammo haligacha olib bermading, hoziroq olib ber”, deb ko‘z yoshi to‘kkan.

Qiz o‘zining mazkur harakatlari bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga qoldi. Foydalanuvchilar qizni injiqlik qilayotgan yosh bolaga o‘xshatishdi. Viderolikni yarim million foydalanuvchi tomosha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sevgan yigitidan iPhone 7 olib berishni so‘rab, yig‘lagan qiz ijtimoiy tarmoqlarda masxara bo‘ldi (Video)