00:02 / 26.08.2017
7 977

Samarqand viloyatida qimorxona fosh etildi

Samarqand viloyatida qimorxona fosh etildi
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi fuqaro U.M. o‘z xonadonining alohida xonasida qimorxona tashkil qilgan. U qimor o‘yini ishtirokchilari I.I., Sh.Yu. va U.X.larga qimor o‘yini uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

O‘yinga tikilgan 1.783.000 so‘m pul mablag‘i va o‘yin qartalari daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi. Bu haqida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyatida qimorxona fosh etildi