12:40 / 27.08.2017
7 387

Toshkent tumanida o‘zini “IIB xodimiman” deb tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi

Toshkent tumanida o‘zini “IIB xodimiman” deb tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi
Toshkent tumanida, 2017 yilning 30 yanvar kuni Samarqand viloyatida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1992 y.t., Sherali Nodirov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) mayor unvoni taqilgan III dala mashg‘ulot kiyimini kiygan holda firibgarlik yo‘li bilan, Zangiota tumanida yashovchi, nafaqaho‘r, 1953 y.t., Norbo‘ta Doniyorovni uyida ishonchini suiste’mol qilib, «o‘zini IIB xodimiman, sizga Spark yoki Neksiya avtoulovidan birini nomingizga rasmiylashtirib beraman» – deb aldab, undan 15.000.000 so‘m pullarini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan, deb xabar bermoqda «Toshkent viloyati IIB» axborot xizmati.

Shuningdek, 2017 yilning fevral oyi o‘rtalarida podpolkovnik unvoni taqilgan III dala mashg‘ulot kiyimini kiygan holda firibgarlik yo‘li bilan, Zangiota tumanida yashovchi, nafaqaho‘r, 1955 y.t., Noila Doniyorovani uyida ishonchini suiste’mol qilib, undan umumiy narxi taxminan 15.000.000 so‘m bo‘lgan 1 juft tilla ziragi va 1 dona tilla zanjirini olib, shu kunga qadar qaytarib bermagan. Sherali Nodirov ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent tumanida o‘zini “IIB xodimiman” deb tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs fosh etildi