14:50 / 27.08.2017
6 459

Yakkasaroy tumanida onasini kaltaklagan o‘g‘il yana sudlanadigan bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida onasini kaltaklagan o‘g‘il yana sudlanadigan bo‘ldi
Yakkasaroy tuman IIB o‘tkazayotgan «Tozalash» tadbiri davomida HPB profilaktika inspektorlari tomonidan onasini kaltaklagan farzand qo‘lga olindi. Bu haqda «IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Yakkasaroy tumanida 18 avgust kuni soat 09»30 da Bobur ko‘chasi, 81/5-uyda, 1996 yili tug‘ilgan, muqaddam sudlangan S.V. o‘zaro janjal oqibatida onasi, 1976 yili tug‘ilgan xususiy tadbirkor B.Y.ni turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgani aniqlanib, ushlandi.

S.V.ga nisbatan JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroy tumanida onasini kaltaklagan o‘g‘il yana sudlanadigan bo‘ldi