14:52 / 27.08.2017
7 020

Sankt-Peterburgda uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilindi

Sankt-Peterburgda uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilindi
25 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, «Krasniy treugolnik»tashlandiq zavodi hududida O‘zbekistonning uch nafar fuqarosiga hujum uyushtirildi. Bu haqda «1news»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Aytilishicha, noma’lum shaxslar o‘zbekistonliklarga pichoq bilan hujum qilgan, so‘ng jinoyat joyidan yashiringan.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri bo‘ynidan yaralangan bo‘lib, og‘ir ahvolda. U 22 yoshda. Qolgan ikki jabrlanuvchining yoshi 21 va 24 da.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sankt-Peterburgda uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilindi