22:51 / 28.08.2017
6 770

Shavkat Mirziyov “Sharq taronalari” festivali ochilishida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyov “Sharq taronalari” festivali ochilishida nutq so‘zladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 avgust kuni “Sharq taronalari” — XI Xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida ishtirok etdi va tantanali nutq so‘zladi.

Prezident Samarqand shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini bugungi kunda dunyo taniganini, unda ishtirok etayotgan mamlakatlar soni ortayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, Prezident ushbu xalqaro festivalda yuqori martabali mehmonlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etayotganini alohida tilga oldi.

Mamlakatimiz rahbari o‘z nutqida dunyoda mojarolar kundan kunga ortib borayotgani, shu sharoitda tinchlik va barqarorlikni, davlatlararo madaniy-ma’rifiy hamkorlikni ta’minlashda festivalning o‘rni o‘zgacha ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev festivalning tashabbuskori — O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari ulkan ekani haqida so‘zladi.

1997 yilda o‘tkazilgan mazkur festivalda dunyoning 31 mamlakati ishtirok etgan edi. 2017 yilda 58 mamlakat vakillarining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etayotgani — ushbu festival nufuzi ortganidan darak beradi, dedi Prezident.

Festival, dunyo xalqlarini birlashtiruvchi vosita sifatida, turli madaniyat vakillariga o‘zining milliy kuy va qo‘shiqlarini jahonga namoyon etish imkonini beradi. Xorijlik mehmonlar o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini ko‘rishi, O‘zbekistonning turli hududlari, xususan qishloqlarida ham bo‘lish imkoniyati mavjudligi aytib o‘tildi.

Musiqa orqali dunyoda tinchlik va do‘stlik o‘rnatilishida ushbu festivalning o‘rni beqiyos ekanligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev festival ishiga omad tilab, ishtirokchilarga o‘z san’atini namoyish etishda kuch-quvvat tilagan holda ishtirokchilarni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti ayyomi bilan tabrikladi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyov “Sharq taronalari” festivali ochilishida nutq so‘zladi