18:25 / 29.08.2017
10 126

Buxorolik fuqaroning uyidan qadimiy xazina chiqdi

Buxorolik fuqaroning uyidan qadimiy xazina chiqdi
Buxoro viloyatining G‘ijduvon shahrida yashovchi fuqaro o‘z uyidan XIV asrning birinchi yarmida ishlatilgan kumush tangalar to‘la ko‘za topib oldi. Bu haqida Sof.uz ma’lum qildi.

«Erkin Mo‘minov xazinani uy qurilishi jarayonida topib olgan va topilmani Buxoro davlat arxitektura-badiiy muzey qo‘riqxonasiga topshirgan», — deb yozadi Podrobno nashri.

«22 avgust kuni hamyurtimiz tufayli biz Chig‘atoy davriga qarashli qadimiy tangalarni qo‘lga kiritdik. Tangalarni raqamlab, konservalab (temirga kimyoviy ishlov berish), shundan so‘ng ularni baholasa bo‘ladi. Bu uchun ikki hafta vaqt ketadi. Bunday tangalar Buxoro hududida kamyob bo‘lgani uchun, topilmani «noyob» deb atasa ham bo‘ladi», — degan nashr muxbiriga muzey rahbari o‘rinbosari Jamshid Xalilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxorolik fuqaroning uyidan qadimiy xazina chiqdi