Toshkent shahar IIBB 3 ta bayramni o‘tkazish uchun “oyoqqa turdi”

  • 30 avgust 2017, 10:24
  • 4 660
  • Jamiyat
  • Toshkent shahar IIBB 3 ta bayramni o‘tkazish uchun “oyoqqa turdi”
    Toshkent shahar IIBB PPX, JTSB PPX brigadasi va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari poytaxt hududida nishonlanishi rejalashtirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi”, “Qurbon xayiti”, “Bilimlar kuni” bayramlariga tayyorgarlikni yuqori saviyada olib borayotgani haqida Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Shahar ko‘chalari, hiyobon va odamlar gavjum bo‘lgan bozorlar, dam olish maskanlari, ta’lim muassasalari — xavfsizlikni ta’minlash maqsadida IIBB xodimlari tomonidan nazorat qilinmoqda.

    Ma’lumot uchun, IIBB tomonidan shahardagi turar va noturar joy ob’ektlariga 48 ming video kuzatuv kameralari va 9 ming qo‘riqlash texnika vositalari o‘rnatilgan. Ushbu tadbirlarni betalofat o‘tkazishga shay turgan yong‘in xavfsizligi xodimlarining xizmatlarini ham alohida e’tirof etish zarur.

    Kuchaytirilgan tartibda jamoat tartibi va xavfsizligini kecha-yu kunduz o‘z nazoratlarida ushlab turgan xodimlarga tahririyatimiz tomonidan minnatdorlik izhor qilamiz.

    Manba: qalampir.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent shahar IIBB 3 ta bayramni o‘tkazish uchun “oyoqqa turdi”