22:18 / 30.08.2017
7 690

MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi

MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi
30 avgust kuni O‘zbekiston MTRK raisligiga mazkur dargohda 12 yil davomida rahbarlik qilgan Alisher Jo‘raqulovich Xo‘jayev rais etib tayinlandi.

Avvalroq, Alisher Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Bobur Alixonov lavozimidan olingani haqida xabar bergan edik.

Alisher Xo‘jayev 29 avgust kuni lavozimdan olingan Bobur Alixonov o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Alisher Xo‘jayev 1963 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1985 yili Samarqand davlat universitetini fizika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2001–2002 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002–2005 yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2005 yilning 15 aprelidan O‘zbekiston Teleradiokompaniyasiga rais etib tayinlangan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MTRKda an’anaviy tarzda rahbar o‘zgarishi: Alisher Xo‘jayev o‘z lavozimiga qaytdi