12:44 / 31.08.2017
7 684

Poytaxtdan uy sotib olayotganda ish stajini tasdiqlash kerak bo‘ladi

Poytaxtdan uy sotib olayotganda ish stajini tasdiqlash kerak bo‘ladi
Adliya vazirining buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090-15, 2017 yil 22 avgust) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda «Norma.uz».

Poytaxtimiz va poytaxt mintaqasida ko‘chmas mulkni sotib olish bo‘yicha bitimlarni notarial tasdiqlashda1 notariuslarga Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarining ma’lumotnomalari asosida 3 yil davomida lavozimda bo‘lganligini tekshirish vazifasi yuklandi.

U quyidagi asosda amalga oshiriladi:
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar-O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati 9-11 bandlari;
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqi bo‘lgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatining 6-bandi.2

Shu tariqa, kamida 3 yil mobaynida lavozimni egallab turish ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska olishi uchun muqarrar shart hisoblanadi. Ilgari faqat ichki ishlar organlarining doimiy propiska mavjudligi haqidagi ma’lumotnomasi talab etilar edi, notarius esa doimiy propiska shtampi tushirilgan vaqtdan 3 yil o‘tganini tekshirardi (bu shart hozirda ham ko‘zda tutilgan).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Poytaxtdan uy sotib olayotganda ish stajini tasdiqlash kerak bo‘ladi