21:55 / 31.08.2017
25 441

Tatyana Karimova Islom Karimovning vasiyatini xalqqa yetkazdi (audio)

Tatyana Karimova Islom Karimovning vasiyatini xalqqa yetkazdi (audio)
Bugun, 31 avgust kuni Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi oldida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali ochildi. Bu to‘g‘risida Darakchi.uz yozdi.

Mazkur marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ishtirok etdi.

Tatyana Karimovaning Islom Karimovning vasiyati haqidagi so‘zlari qalblarni larzaga keltirdi.

«O‘z nutqimni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan o‘zbek xalqiga atab yozgan, biroq o‘qishga ulgurmagan tabrigidagi quyidagi so‘zlar bilan yakunlamoqchiman. Bu uning nafaqat tabrigi, balki uning vasiyati hamdir»,—dedi Tatyana Karimova.

«Bu ishlarimizni Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madadkor bo‘lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. Rahmat»,—deya o‘qib eshittirdi Tatyana Karimova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tatyana Karimova Islom Karimovning vasiyatini xalqqa yetkazdi (audio)