O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tantanali marosimda Mustaqillikning 26 yilligi munosabati bilan butun O‘zbekiston xalqini muborakbod etdi.
Shavkat Mirziyoyev bundan roppa-rosa 26 yil muqaddam atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinganini yodga oldi.
Shuningdek, Prezident o‘z nutqida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vatan va davlat oldidagi buyuk tarixiy xizmatlari beqiyos bo‘lganligi ta’kidladi.
O‘tgan vaqt mobaynida dunyo sahnasida o‘z nomi va nufuziga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi oldida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, aholiga munosib hayot kechirishni ta’minlash kabi muhim va dolzarb vazifalar mavjudligini aytib o‘tdi.
Harakatlar strategiyasi xalq — davlat idoralariga emas, davlat idoralari — xalqqa xizmat qilish kerak, degan tamoyil — davlat siyosatining eng ustivor yo‘nalishlardan biriga aylangani bejiz emas, deya ta’kidladi Prezident.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi