18:32 / 02.09.2017
6 457

Gollandiya olimlari odamning maksimal qancha umr ko‘rishi mumkinligini aniqlashdi…

Gollandiya olimlari odamning maksimal qancha umr ko‘rishi mumkinligini aniqlashdi…
Tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bo‘libdiki, ayollar maksimum 115, 7 yoshgacha umr ko‘ra olarkan. Erkaklar esa 114 yoshgacha yetib borishi mumkin ekan. Albatta, bu yerda salomatlik ham muhim rol o‘ynaydi. Lekin olimlar bu narsani odamzodning umumiy yashash muddati sifatida tekshirib ko‘rishdi. Negaki, xudo beradi umrni.

Agar peshonasiga 150 yil yashash bitilgan bo‘lsa, banda o‘sha umrni kechirishga majbur. Aksi bo‘lsa, qancha harakat qilmasin, tibbiyotning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanmasin, sport bilan muntazam shug‘ullanmasin, sog‘lom turmush tarzini kechirmasin, ekologik toza hududlarda yashamasin, baribir kun-soati yetgan kuni yorug‘ dunyoni tark etishga majbur bo‘ladi.

Shu o‘rinda Indoneziyada yashovchilarni misol sifatida keltirish mumkin. Bu mamlakatda dunyoning eng keksa kishisi yashaydi. Otaxon ayni kunda 176 yoshni qarshiladi.

Ammo olimlar nima bo‘lganda ham yer yuzida o‘rtacha yashash muddati cho‘zilganini tan olishdi. Hozirda dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish 75 yoshga to‘g‘ri kelmoqda ekan.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gollandiya olimlari odamning maksimal qancha umr ko‘rishi mumkinligini aniqlashdi…