19:01 / 02.09.2017
9 248

Fotoreportaj: Islom Karimov yodgorlik majmuasi bilan tanishing

Fotoreportaj: Islom Karimov yodgorlik majmuasi bilan tanishing
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan maskanda yodgorlik majmuasini barpo etishga oid qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangani haqida xabar bergan edik.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan Hazrati Xizr masjidi majmuasi hududida maqbaraning qurilish loyihasi o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu maqbaraga ziyoratga keluvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Siyob bozoridan maqbaraga o‘tish uchun yangi ko‘prik ham barpo etildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan maskanga yodgorlik majmuasini barpo etish ishlari YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlik amalga oshirildi.

O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi mazkur loyihani YuNESKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va me’moriy obidalar saqlash Xalqaro kengashi) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib bordi.

Butunjahon merosi markazi va IKOMOS tashkilotlari yodgorlik obidasini qurish loyihasi bilan tanishib chiqdilar. Mazkur xalqaro tashkilotlarning mutaxasisslari 2016 yilning dekabr oyida Hazrati Hizr masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlarini YuNESKO mezonlariga muvofiq holda, ya’ni Butunjahon merosi ob’ektining tarixiy ko‘rinishini saqlab qolgan holda amalga oshirish borasidagi tavsiyalarini O‘zbekistonga yo‘llagan edi.

“Hazrati Xizr” masjidi Samarqand shahrining ziyoratgohlaridan biridir. U Samarqanddagi ilk musulmon masjidi va me’moriy obida sifatida e’tirof etiladi.





Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fotoreportaj: Islom Karimov yodgorlik majmuasi bilan tanishing