16:30 / 03.09.2017
6 859

Chekish psixologik muammolar manbai bo‘lib chiqdi

Chekish psixologik muammolar manbai bo‘lib chiqdi
Sir emaski, chekish saraton va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfini oshiradi. Yangi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, chekish psixikaga ham salbiy ta’sir o‘tkazar ekan, masalan, bu zararli odat o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik hissini keltirib chiqarishi aniqlandi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma’lum qildi.

Tadqiqotda chekuvchilar va chekmaydigan ko‘ngillilar ishtirok etishdi.

Mutaxassislar chekuvchilarning chekmaydiganlarga qaraganda serhissiyotroq ekanini aniqlashdi. Bundan tashqari, chekuvchi ishtirokchilarda psixologik stress darajasi chekmaydigan kishilarga nisbatan 178 foizga yuqori bo‘lib chiqdi.

Shuningdek chekish uyqu bilan bog‘liq muammolar, lanjlik, ko‘p ovqatlanish yoki kam ovqatlanish, uyda yoki ishda g‘azabnoklik xavfini oshirishi ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tadqiqotda ishtirok etgan chekuvchilarning 93 foizidan bu zararli odatdan voz kechish so‘ralgan. Ularning 75 foizi chekishni tashlash juda qiyin deb hisoblagan. Aksariyat 2-3 marta chekishni tashlashga harakat qilgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chekish psixologik muammolar manbai bo‘lib chiqdi