22:31 / 04.09.2017
8 275

Yangi tug‘ilgan chaqaloqni onasi ko‘chada tashlab ketdi

Yangi tug‘ilgan chaqaloqni onasi ko‘chada tashlab ketdi
Yuqorichirchiq tumanida ona yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘chada qoldirib ketgan. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Qalampir.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, chaqaloq tumanning Navoiy mahallasi, Ostona ko‘chasida qoldirib ketilgan sumka ichidan topilgan.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida ushbu qilmishni sodir etgan 44 yoshli ayol kishining shaxsi aniqlangani aytilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur tumanda yashovchi M.S. ismli ayol farzandini o‘z uyida dunyoga keltirib, ikki kundan so‘ng uni ko‘chadagi yashash uylari yonida qoldirib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi tug‘ilgan chaqaloqni onasi ko‘chada tashlab ketdi