22:20 / 04.09.2017
13 964

Qurolli Kuchlar akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi

Qurolli Kuchlar akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi
Avvalroq, sobiq Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Mudofaa vaziri etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

2008 yildan Mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelgan Qobul Raimovich Berdiyev O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari etib tayinlandi.

General-polkovnik Qobul Berdiyev 1955 yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

2000-2003 yillarda O‘zR QK Birlashgan shtab boshlig‘i o‘rinbosari, 2003-2006 yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti boshlig‘i, 2006-2008 yillarda O‘zR Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurolli Kuchlar akademiyasiga yangi rahbar tayinlandi