12:15 / 05.09.2017
5 664

Tezkor xabar: valyuta xaridlari boshlandi!

Tezkor xabar: valyuta xaridlari boshlandi!
Xorijiy valyutalarning erkin oldi-sotdisiga ruxsat berilgach, bugun, 5 sentyabrdan boshlab tijorat banklarida savdolar boshlandi. Bu haqda “ziyouz.com” sayti rahbari Davronbek Tojialiyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida xabar berdi.

Davronbek “Xayr qora bozor — salom bank! Ilk sotuv amalga oshdi. Hech qanday pasport, nom yozilgan registratsiyalarsiz”, deya izoh qoldirgan.

Bundan tashqari, Davronbek Tojialiyev banklarda 1 AQSh dollarining 8000 so‘mdan, qora bozorda esa bahosi 7500 so‘m ekanini aytib o‘tgan.

“Asia Alliance Bank” bankiga tashrif buyurgani va u yerda hozircha navbat yo‘q ekanligini ta’kidlagan.

Quvonarlisi, Davronbek bankning bugungi ilk mijozi ekanini va bank xodimlari atrofini o‘rab olib, “ilk kliyent” deya tabriklashganini aytgan.

Tijorat banklarida 15 million ekvivalentgacha (1875$) shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydi. 8150 so‘mdan dollar sotib olingan xorijiy valyuta plastik karta ochilgan holda ushbu kartaga tushirib berilishi ma’lum qilingan.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 4 sentyabr kuni xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tezkor xabar: valyuta xaridlari boshlandi!