18:57 / 05.09.2017
7 618

Mirziyoyev va Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

Mirziyoyev va Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari o‘z ichiga 85 foiz masofani qamrab olgan chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyevnig O‘zbekiston vakillari bilan qator hujjatlarni imzolash marosimidan so‘ng aytishicha, masofaning atigi 15 foizi qolgan.

«Asosiysi shunga ishonch hosil qildikki, xohish, siyosiy iroda bo‘lsa kelishib olish mumkin», - deya qo‘shimcha qilgan u.

A.Atamboyevning ta’kidlashicha, bu tarixiy kun ro‘y berganiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hissasi katta. «Xuddi u menga gapirgandek, men ham uni birodar, deb atayman. Bizning davlatlar orasida birodarlik munosabatlari bo‘lishi kerak», - degan Qirg‘iziston rahbari.

Uning eslatishicha, qachonlardir mamlakatlar yagona davlat bo‘lgan. Ikki mamlakat tarixida ko‘plab muammolar, to‘siqlar bo‘lgan, biroq ularga yechim topildi. «Bugun biz deyarli barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro tushunishni topdik», - dedi u.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev va Atamboyev o‘zbek-qirg‘iz chegarasi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi