14:57 / 06.09.2017
7 867

Ichki ishlar xodimlari Toshkentda Spark avtomashinasi nima uchun o‘qqa tutilganiga izoh berdi (video)

Ички ишлар ходимлари Тошкентда Спарк автомашинаси нима учун ўққа тутилганига изоҳ берди (видео)
2017 yil 4 sentyabr kuni taxminan soat 13:30 larda noma’lum shaxs, Uchtepa tumani hududida qarovsiz qoldirilgan, fuqaro Boboyev Akbar Asadullayevichga tegishli bo‘lgan «Spark» rusumli avtoulovini olib qochganligi aniqlangan.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimlari tomonidan mazkur avtomobilni qo‘lga olish ishlari doirasida o‘qqa tutilganligi aks etgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBBdan xabar berishlaricha, mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv natijalariga ko‘ra, mazkur avtomashina fuqarolar, yo‘lovchilar va haydovchilarga zarar yetkazmaslik maqsadida quroldan foydalangan holda harakatlanishiga chek qo‘yilib, to‘xtatildi.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

Транслитератор 173839 маротаба ишлатилган. Ундан 152328 - Web API орқали.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar xodimlari Toshkentda Spark avtomashinasi nima uchun o‘qqa tutilganiga izoh berdi (video)